TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46
Boş sahifaga qaytiş

Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovçi tuşunça. U kişilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini öz içiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ sözi yotadi. Maʼlumki, insonning taşqi va içki olami mavjud. Taşqi olamiga uning böybasti, körinişi, kiyinişi, xatti-harakati kiradi. Içki olami esa uning yaşaşdan maqsadi, fikr yuritişi, orzu-istaklari, intilişlari, his-tuyğularini öz içiga oladi. Insonning ana şu içki olami maʼnaviyatdir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, maʼnaviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bağişlaydi. Maʼnaviyat maʼrifat va madaniyat bilan boğliq. Maʼnaviyat odamlarda tap-tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil öqiş, örganiş, tajriba orttiriş orqaligina erişiladi. Maʼnaviyat qançalik boyib borsa, jamiyat va millat şunçalik ravnaq topadi. Maʼnaviyatli odam yaşaşdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli ötkaziş yölini izlab topadi, muomala qiliş madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoşadi. Vijdon nima, yolğon va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima — bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boşlovçi xatti-harakatlardan voz keçadi, yaxşilikka boşlovçi amallarni bajaradi. Maʼnaviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi.

Vatanni seviş, vatanparvarlik inson maʼnaviyatini belgilovçi asosiy omillardan biridir. Maʼnaviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʼdod egalari şu jamiyatning, millatning yuzi, ğururi, obrö-eʼtibori hisoblanadi. Maʼnaviyatli jamiyatda aql, soğlom fikr, adolat va yaxşi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga işonçi kuçli böladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi. Millatning asrlar davomida şakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiy-madaniy rivojlanişisiz maʼnaviyatni tasavvur qiliş qiyin. „Maʼnaviyat — insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuç-qudratidir. U yöq joyda heç qaçon baxt-saodat bölmaydi“, degan edi Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidenti I. A. Karimov. Şu sababli Özbekistonda maʼnaviyatni yuksaltiriş, xalqni maʼnaviyatli qiliş davlat siyosati darajasiga kötarilgan.

Mustaqillik tufayli özbek xalqining köp asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini örganiş, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanişga keng yöl oçildi. Maʼnaviyatimiz „Avesto“ va zarduştiylik taʼlimotidan boşlab hozirgi kungaça şakllanib, boyib, umuminsoniy qadriyatlar bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda. Özbekistonda maʼnaviyat va maʼrifatni kötariş, tarğib qiliş, boyitiş, aholining keng doirasiga yoyiş maqsadida respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi taşkil etilgan. Respublika taʼlim tizimida „Maʼnaviyat asoslari“ fani öqitiladi. Maʼnaviyat sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilyapti.

Milliy istiqlol mafkurasi:

-Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi;

- хalqimizning asrlar davomida şakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana va udumlari, uluğ bobokalonlarimizning ölmas merosidan oziqlanadi;

-adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik ğoyalari hamda xalqimizning işonç va e’tiqodini aks ettiradi;

-yurt tinçligi, Vatan ravnaqi va xalq ravnaqi farovonligini ta’minlaşga xizmat qiladi;

-jamiyat a’zolarini, aholining barça qatlamlarini Özbekistonning buyuk kelajagini yaratişga safarbar etadi;

-millati, tili va dinidan qat’iy nazar mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona Vatanga muhabbat, mustaqillik ğoyalariga sadoqat va

özaro hurmat tuyğusini qaror toptiradi;

-jamoatçilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi tamoyillariga rioya qilgan holda ma’rifiy yöl bilan singdiriladi.

Milliy istiqlol mafkurasining boş ğoyasi:

Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etişdir.

Milliy istiqlol mafkurasining asosiy ğoyalari:

Vatan ravnaqi

Vatan - insonni kindik qoni tökilgan tuproq, uni kamol toptiradigan, hayotga ma’no-mazmun baxş etadigan tabarruk maskandir. U ajdodlardan-ajdodlarga qoladigan buyuk me’ros, xoki poklari jo bölgan, vaqti-soati yetib har birimiz boş qöyadigan zamindir.

Yurt tinçligi

Yurt tinçligi - bebaho ne’mat, uluğ saodatdir. Başariyat öz taraqqiyotining barça bosqiçlarida, avvalo, tinçlik-totuvlikka intilib kelgan.

Yurt tinçligi - barqaror taraqqiyot garovi.

Özbek xalqi tinçlikni yuksak qadrlaydi, uni öz orzu -intilişlari, maqsad-muddaolari röyobga çiqişining kafolati deb biladi. Şuning uçun doim Yaratgandan tinçlik va omomnlik tilaydi.

Xalq farovanligi

Mamalakatimizda amalga oşirilayotgan islohatlarning oliy maqsadi xalqimizning munosib turmuş şaroiti yaratişdan iboratdir. Ya’ni islohat - islohat uçun emas, inson uçun, uning farovon hayoti uçun xizmat qilişi kerak.

Komil inson

Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodlarni voyaga yetkaziş haqida qayğurmagan xalqning, millatning kelajagi yöq. Bunday xalq va millat tanazzulga mahkum.

Ijtimoiy hamkorlik

Ijtimoiy hamkorlik murosa falsafasi bölib, xilma-xil fikr va qaraşlarga ega bölgan turli millat, irq va dinga mansub şaxs va guruhlarning umumiy maqsad yölidagi hamjihatligini ta’minlaydi. Natijada jamiyatda tinçlik va totuvlikning, barqaror taraqqiyotning mustahkam kafolati vujudga keladi.

Millatlararo totuvlik

Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi.

Bu ğoya - bir jamiyatda yaşab, yagona maqsad yölida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kişilar örtasidagi özaro hurmat, döstlik va hamjihatlikning ma’naviy asosidir.

Bu ğoya - har bir millat vakilining iste’dodi va salohiyatini töla röyobga çiqariş uçun şaroit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinçligi, xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi.

Dinlararo bağrikenglik (tolerantlik)

Dinlararo bağrikenglik ğoyasi - xilma-xil diniy e’tiqodga ega bölgan kişilarning bir zamin, bir Vatanga oliyjanob ğoya va niyatlar yölida hamkor va hamjihat bölib yaşişini anglatadi.