TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

Ota-onalarga maslahatlar

Bolalar musiqa va san’at maktabi - bu öquv muassasasi bölib uning vazifasi nafaqat bolalarni musiqa dunyosi bilan taniştiriş, balki musiqaçini tarbiyalaşdir. Ota-onalar şuni esdan çiqarmasliklari kerakki, maktabdagi maşğulot - bu tögarak emas. Uning öziga xos xususiyati - repertuarning klassik yönaltirilganligidir. Bolalar öqiş jarayonida bir neçta musiqa-nazariy fanlarni örganişadi. Ba’zi ota-onalar musiqa va san’at maktablarida yuklama kam emasligini közlarini oldiga keltirişmaydi. Öquvçilar haftada 2 marta mutaxassisligi böyiça yakka tartibdagi maşğulotga, musiqa nazariyasi darsiga, xorga, musiqa adabiyoti darsiga borişlari kerak böladi. Şuning uçun bolalarni musiqa bilan şuğullanişga berişdan oldin şularning barçasini hisobga oliş kerak.

Qanday musiqa çolğusida çalişni örganişni bolaning öziga qöyib bering. Iloji bölsa bolangiz bilan uning yoşligidanioq turli konsertlarga boring. Çolğu asboblari, buyuk ijroçilar töğrisida özingiz bilgança ma’lumot bering. Televizor orqali berilayotgan konsertlarni birgalikda tomoşa qiling.

Musiqa yönalişida ta’lim olayotgan bolalarning uyida özi örganayotgan çolğu bölişi şart. Agar farzandingiz skripka örganayotgan bölsa Siz uşbu çolğuni xarid qilib olişga şoşmang. Çunki yillar ötgan sari boladagi fiziologik özgarişlar sababli ma’lum vaqtdan söng boşqa çolğu asbobi olişga töğri keladi. Avvalom bor maktab ma’muriyatidan qiziqib köring, ularning Farzindingizni çolğu asbobi bilan ta’minlaş imkoniyati bormi. Agar xarid qiladigan bölsangiz albatta pedagog bilan maslaxatlaşing. Çolğu asbobining yangisini olişga şoşmang. Avval foydalanilgan çolğu asboblarining jarangliliga yangiga nisbatan kuçli. Çolğu asbobini uyda saqlaş qoidalariga amal qiling. Farzandingiz şuğullanayotgan xona harorati me’yorda böliş kerak. Agar fortepianoda nosozlikni sezsangiz darhol ustaga murojaat qiling. Bu masalada ham maktab ma’muriyati Sizga yordam berişi mumkin.

Farzandingiz uyda musiqa bilan şuğullanayotganida uning oldiga biron-bir şart qöymang. Masalan, mana bu asarni yodlasangina köçaga çiqasan, yoki palon narsa olib beraman. Bu odat tusiga kirib qolişi mumkin va bolani çalğitadi. Yaxşisi, farzandingizga kun tartibini taqsimlaşda yordam bering. Bunda maşğulotlar özaro bir-birini almaştirib turişi lozim. Masalan 1 soat umumta’lim maktablari darslari, 1 soat musiqa bilan şuğullaniş, 30 daqiqa köçada öynaş va h.k.

Boşqa öquvçilarning ota-onalari bilan suhbatlaşib turing, bolaning mutaxassislik böyiça öqituvçisi bilan aloqani uzmang. Maktab ma’muriyati ota-onalar uçun taşkil qilgan majlislarda, konsertlarda albatta iştirok eting.

Farzandingizga uning özlaştirişi böyiça boşqalarning oldida tanbeh bermang, uyda ham qattiq urişmang. Bu uning musiqaga bölgan iştiyoqini susaytirişi mumkin. Agar unda muammo paydo bölsa, yoki uning musiqa bilan şuğullaniş iştiyoqi pasayganligini sezsangiz, uşbu xolatdan qanday çiqişni birgalikda maslahatlaşing, bu borada uning öqituvçilariga murojaat qiling. Iloji bölsa uning döstlari bilan gaplaşing.