TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

Öquvçining musiqa böyiça uy maşğulotlarini qanday taşkillaştiriş kerak

Bolaning musiqa va san’at maktabiga öqişga kirişi - oila hayotidagi muhim voqea bölib, bu oila a’zolaridan uşbu voqeaga jiddiy yondaşişini talab qiladi. Yoş musiqaçini öqitiş va kelgusida uning sezilarli muvaffaqiyatlarga erişişi uçun unga boşlanğiç bosqiçlardayoq uy maşğulotlari bajarişni töğri taşkil etişda yordam beriş juda muhimdir.

Mustaqil işlaşni taşkil etişni eng boşidanoq, birinçi darslardan boşlaş kerak. Bunda bolani musiqa maşğulotlari bilan qiziqtirişning özi kam bölib, unda mehnat qiliş könikmalarini tarbiyalaş zarur.

Uy maşğulotalarini taşkil etişda ota-onaning tutgan örni beqiyos katta. Şuning uçun hurmatli ota-onalarga quyidagi maslahatlarni berib ötişni joiz deb topdik.

1. Farzandingizni maşğulotlar bilan kömib taşlamang

Esingizdan çiqmasin, farzandingiz musiqa bilan şuğullanişdan taşqari umumta’lim maktabiga ham boradi, ehtimol qiziqişlari bilan boşqa turdagi tögaraklarga ham (sport, amaliy san’at, xoreografiya) qatnar. Bolaga yuklanadigan yuklama oqilona bölişi kerak. Maşğulotlar bolani juda ham toliqtirib qöymasligi, uning soğliğiga salbiy ta’sir körsatmasligi kerak.

2.Kun tartibi

Agar Siz farzandingiz soğligini saqlaşni xohlasangiz, bola uçun kun tartibini qunt bilan işlab çiqiş lozim. Kun tartibida vaqt ham maşğulotlarga, ham dam olişga, ham badiiy kitoblar öqişga, ham harakatli öyinlarga topilişi kerak. Agar musiqa böyiça maşğulotlarni bir neça qismlarga bölsa va ularni dars tayyorlaş va/yoki dam oliş bilan almaştirib tursa yanada yaxşi böladi. Bu maşğulotlar unumdorligini oşiradi.

3.Maşğulotlar uçun binodagi şaroit

Bola uyga vazifani bajarayotganida heç narsa uni çalğitmaslik kerak. U şuğullanayotgan xonada televizor yoki radio işlamasligi, şovqinli suhbatlar va boşqa çalğitadigan omillar bölmasligi kerak. Bino içidagi muhit tinç, sokin, yoruğlik yetarli darajada bölişi kerak.

4. Çolğu oldida ötiriş

Bolangiz qanday ötirganiga qarang: qaddini töğri tutyaptimi, engaşib qolmaganmi? Çolğuni töğri uşlaganmi (agar bu skripka, gitara, rubob, dutor va şu kabilar bölsa), qöllari "osilib qolmaganmi" (agar bu fortepiano, sintezator bölsa).

Kerakli balandlikdagi stulni tanlang, agar zarur bölganda oyoq ostiga qöyiladigan tagliklardan foydalaning.Bu borada pedagogdan albatta maslahat oling. Uy şaroitida çolğu oldida ötiriş maktabdagi darsda ötirişdan farq qilmasiligi lozim.

5. Yaxşi çolğu asbobi

Yaxşi çolğu asbobi sotib oling, sotib olişdan oldin pedagog bilan albatta maslahatlaşing. Bunda eng asosiy qoida: çolğuda ijro etiş bolaga quvonç va lazzat bağişlaşi kerak. Bolani çolğu asbobiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bölişga örgating.

6. Maşğulotlarning tartibliligi

Maşğulotlar har kuni ötkazilişi va tartiblilik tusga ega bölişi kerak. Agar bola faqat darsdan oldin maşğulot qilsa bu juda yomon. Buning samarasi nihoyatda kam. Bola maşğulotni har kuni qilişi kerak. Avvaliga Siz bu töğrisida bolangizga eslatib turing, bundan buyoğiga uning özi qiladi. Esingizda bölsin, umuman maşğulot qilmagandan ozgina-ozgina maşğulot qilgan afzal.

7. Maşğulot davomiyligi

Bu masalada pedagogning tavsiyalariga amal qilgan yaxşi. Bunda har bir bolaning öziga xos xususiyatlari, yana oldinga qanday maqsadlar qöyilgani inobatga olinadi.

8. Kundalikdagi yozuvlar

Bolaning kundaligini doimo kuzatib boring va uni kundalik bilan işlaşga örgating. Öquvçi uyda darsda ötgan mavzularni mustahkamlaşi va pedagog kundalikka yozgan vazifalarni bajarişi kerak.

9. Diqqat-e’tiborni jamlaş

Pedagoglar buni “kalla bilan işlaş” deyişadi. Bola maşğulotlarni anglab, jiddiy yondaşib bajarişi lozim. Bolaning oldida muayyan qiyin bölmagan vazifalar turişi kerak. Yuqorida ta’kidlanganidek, maşğulotlar bir neçta qismlarga bölinib bajarilsa samarasi yuqori böladi, masalan asbobda ijro etgandan söng tanffus qiliş (öynaş, çoy içiş, maktabdagi öquv darslarini bajariş), söng yana musiqa maşğulotlariga qaytiş - boşqa masala ustidan işlaş. Öquvçining yonida matnda özi uçun belgi qöyiş uçun doimo qalam turişi kerak.

10.Motivatsiya

Öz oilangizda musiqiy muhitni yaratişga harakat qiling. Farzandlari biron-bir çolğularda ijro etadigan döstlaringizni toping va iloji bölsa farzandingiz bilan ularning farzandlari maşğulotlar qilayotganlarida ularnikiga kiring. Bu bilan farzandingizga boşqa bolalar ham musiqa bilan şuğullanişini ohista bildirasiz. Bolalaringiz bilan tez-tez konsertlarga boring, televizorda beradigan turli musiqiy körsatuvlarni tomoşa qiling. Maktabda taşkil etiladigan konsertlarga albatta boring. Farzandingiz iştirok etadigan konsertni umuman qoldirmang.

11. Bolaning muvaqqiyatlarida Sizning manfaatingiz

Bolaning muvaqqiyatlarida Sizning manfaatlaringiz borligini unga iloji boriça köproq körsating. Undan Siz uçun biron-bir asar ijro etib berişni iltimos qiling. Farzandingiz Siz uçun ijro etmoqçi bölgan asarlarni diqqat bilan eşitişga harakat qiling. Farzindingizni maqtaşdan çarçamang.