Musiqa bilan şuğullanişning 12 sababi
Musiqa bilan şuğullaniş ortidan rivojlanadigan xislatlar
Musiqa bilan, umuman san’at bilan şuğullaniş qator muhim xislatlarning rivojlanişiga yordam berişi sir emas. Quyida şularning ba’zilarunu körib çiqamiz.
1. Erta musiqiy ta’lim bilan şuğullaniş miyaning nutq va mantiq uçun javob beradigan qismlari rivojlanişiga yordam beradi. Rivojlaniş bola tuğilganidan söng bir neça yil davomida amalga oşadi va sönggi tadqiqotlar şuni körsatdiki, agar, bola doimiy ravişda musiqa bilan şuğullansa, masalan, vokal bilan yoki biron-bir misiqa çolğusida ijro etiş bilan, miyaning nutq, mantiqiy fikrlaş, matematika qobiliyatlariga javob beradigan çap yarim pallasi faol rivojlanadi. Musiqa va masofaviy intellekt orasida aloqa mavjud. Musiqa bilan şuğullaniş tasavvur ifoda qilişni rivojlantiradi, bola xaritalarni, çizmalarni, diagrammalarni oson tuşunişiga yordam beradi. Hamda tasvirni eslab qoliş va “rang hissi” rivojlanadi.
2. Musiqa bilan şuğullaniş tufayli öquvçilar qiziq yeçimlarni topgan holda ijodiy fikrlaşni örganadi. San’atda bitta töğri javob bölmaydi.
3. Oxirgi tadqiqotlar şuni körsatdiki, san’atning har qanday turi bilan şuğullanuvçi öquvçilar maktabda yaxşi öqişadi va standart imtuhonlarni muvaffaqiyatli topşirişadi.
4. San’atning har qanday turi (musiqa, tasviriy san’at) bilan şuğullaniş bolada açiniş hissini, rahmdillikni rivojlantiradi, boşqa odamlarga ğamxör bölişni örgatadi.
5. Bolaning işni oxirigaça olib boriş qobiliyati rivojlanadi. Resurslarni töğri, savodli taqsimlaşni örganadi.
6. Musiqa asarini örganiş tezda amalga oşmaydigan ketma-ketlikda amalga oşadigan jarayondir. Bola öz oldiga vazifalar qöyişni va ularni teng miqdorda bajarişni örganadi.
7. Musiqadagi xato - bu katta xatodir. Çolğu asbobi yo sozlangan, yo sozlanmagan. Musiqa bilan şuğullaniş oğir iş bölib oldinga qöyilgan maqsadga erişiş uçun doimo qattiq mehnat qiliş kerakligini talab qiladi.
8. Musiqa jamoada işlaşni örgatadi. Bu ansamblda, orkestrda ijro etişda öz aksini topgan. Öquvçilar bir-birini eşitişni, bir vaqtda ijro etişni, solistlik qilişni örganişadi.
9. Musiqa - bu birinçi örinda öz fikrini ifoda qiliş vositasidir! Uning şarofati bilan bolaning hayoti ança qiziqarli va ma’noli.
10. Musiqa bilan şuğullaniş işda zarur böladigan könikmalarni rivojlantiradi. Bola diqqat e’tiborini biron-bir işni, vazifani tomoşa qilib turişga emas, balki bajarişga qaratadi.
11. Qörquvni yutiş qobiliyati ham juda muhim sifatdir. Omma oldida ijro etişdan qörqiş - bu eng kuçli qörquvlardan biri bölib, bola bu bilan doimo kuraşib kelişi lozim.
12. Musiqa çolğusida çaliş koordinatsiyani rivojlantiradi.




