TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

Uy vazifasini bajariş ustida işlaş

Bolalar musiqa va san’at maktabida öqiş quvonç va ijodiy muvaffaqiyatlar olib kelişi uçun nafaqat darslarda yaxşi şuğullaniş, balki uy vazifalarini bajarişga jiddiy qaraş kerak.

Uy vazifalari bajarişning asosiy tamoyillari:

- muntazam ravişlik;

- har kunlik;;

- yetarli darajada davomiylik;

- anlab tuşuniş;

- oldinga qöyilgan vazifalarga diqqat-e’tiborni jamlaş.

1. Uy vazifasini bajarişning asosiy qoidalari:

Uy vazifalari aniq kun tartibiga böysunişi kerak. Musiqa maktabi uçun uy vazifalarini bajarişga har kuni muayyan bir vaqt ajratiş lozim. Faqat darsdan oldingina şuğullaniş samara bermaydi, çunki darsda ötganlarning köpi esdan çiqqan böladi, ba’zi vazifalarni esa - masalan, asarni yodlaşni, bitta uy vazifasida bajarib bölmaydi.

Diqqat e’tiboringni qaçon yaxşi jamlay olişing mumkin bölgan vaqtni tanla. Bu ertalabki vaqt, yoki umumta’lim maktabdagi uy vazifalarini bajarişdan oldinga tanaffus bölişi mumkin. Eng muhimi - sen toliqmagan, dam olgan bölişing lozim.

2. Maşğulotlarning davomiyligi

Boşlanğiç sinflarda maşğulotlar vaqti kuniga 30-40 daqiqani taşkil qilişi lozim. Yuqori sinfdagilar uçun kuniga 1,5-2 soat şuğullaniş tavsiya etiladi, bunda maşğulotlar orasida tanaffus qiliş lozim.

3. Maşğulotlar uçun iş joyi taşkil qilamiz

Yoş musiqaçining iş joyi yoruğ va tinç bölişi lozim. Maşğulotlar vaqtida televizor va radio, qöl telefoni öçirilgan bölişi kerak. Özingga qulay, mustahkam, balandligi böyiça senga mos keladigan stulni tanla. Agar maşğulotlar uçun taglik (stulga, oyoq ostiga), pyupitr kerak bölsa, ulardan uy vazifalarini bajarişda ham foydalan.

4. Uy vazifalarini bajarişni rejalaştiriş

Uy vazifalarini bajarişga kirişişdan oldin albatta kundalikdagi uy vazifalari yozuvini öqi. Har kunlik iş xajmini aniqlab vazifani 3-4 qismga böl.

Har bir uy vazifasi uçta tarkibdan iborat bölişi kerak:

- texnikani rivojlantiriş;

- ötilganlarni mustahkamlaş;

- yangisini yodlaş.

5. Uy vazifasi ustida işlaş

Uy vazifasini bajarişga kirişayotganda yana bir topşiriqni diqqat bilan öqi. Uşbu asar, etyud, maşq yoki gamma ustida sizlar sinfda qanday şuğullanganlaringizni va öqituvçi qanday xolatlarga köproq e’tibor qaratganini esla. Uy vazifasi ustida sinfda işlaganday işlaşga harakat qil.Yangi asarni (etyudni) tahlil qilayotganda avval boşidan oxirigaça çal. Sen asarning qiyin parçalarini darhol fahmlaysan, ularni özing uçun belgilab ol. Şundan söng kiçik-kiçik qismlar ustidan işla - sekin tempda ijro et, applikatura va ritmga amal qil. Qiyin taktlar ustida alohida işla, ularni köp marotaba qaytar. Qiyin parçalar ustidan (ularni öqituvçi körsatadi) turli usullar bilan işlaşga harakat qil. Sekin-asta parçalarni bir-birining ortida töliq asarga birlaştir. Asarni yodlaşga kirişayotganda sen uni qismlarga böl: fraza, motiv, taktlar. Yodlaşni eng qiyin parçalardan boşlaş mumkin.