R. Şuman. Musiqaçilar uçun hayotiy qoidalar
(yoki qanday qilib professional böliş mumkin).
Buyuk nemis romantik kompozitori Robert Şumanning eng maşhur asarlaridan biri bölgan "Öspirinlar uçun albom" yaratilganiga 150 yildan oşdi. "Öspirinlar uçun albom"ning yaratilişi tarixi Şumanning şaxsiy, otalik musiqiy-tarbiyaviy tajribasi bilan çambarças boğliq. Nota materialidan taşqari asar qölyozmasi öz içiga yoş musiqaçilarga qisqa aforizm şaklidagi nasihatlarni olgan bölib, bular Şumanning badiiy-tarbiyaviy dunyoqaraşini oçib beradi. Quyida R. Şumanning “Musiqaçilar uçun hayotiy qoidalar”idan namunalar keltirilgan.
Eşitiş qobiliyatini rivojlantiriş - bu eng muhimdir. Yoşligingdan tonlar va ladlarni farqlaşga harakat qil. Qönğiroq, oyna romi, kakku - eşit, ular qanday tovuş çiqaradi.
Qunt bilan gammalar va barmoqlar uçun boşqa maşqlarni ijro et. Lekin köp odamlar borki, bu bilan barçasiga erişiladi deb öylaşadi va to qarigunlariça köplab soatlarini texnik maşqlar ustida ötkazişadi. Bu taxminan har kuni alifboni ovoz çiqarib öqiş va buni yanada tezroq va tezroq bajarişga harakat qiliş deganiday. Öz vaqtingni foydali narsalarga ketkaz.
Bir maromda ijro et! Ba’zi virtuozlarning çalişi mast odamning yurişiga öxşaydi. Ulardan örnak olma.
Klavişlarni heç qaçon taqillatma. Ma’noli ijro et va asarning yarmida töxtama.
Çöziş va şoşiş - bir xil katta xatoliklardir. Yengil asarlarni yaxşi va ifodali ijro etişga harakat qil; bu qiyin asarlarni örtaça ijro etgandan yaxşi.
Asarni nafaqat barmoqlar bilan ijro eta biliş, balki uni musiqa çolğusi yordamisiz özingça xirgoi qila olişing zarur. Tasavvuringni şunçalik kuçaytirginki, xotirangda nafaqat kuy ohangini, balki unga hamroxlik qiladigan garmoniyani ham eslab qol.
Har doim şunday ijro etginki, xuddi seni buyuk rassom tinglayapti. Sen musiqa asbobini ijro etayotganingda kimdir seni tinglayotganidan xavotir olma.
Sen yomon asarlarni ijro etişing ham, eşitişing ham kerak emas, agar seni bunga majburlamayotgan bölişsa.
Yarqiratib ijro etişga intilma. Şunga harakat qilginki, musiqa eşituvçiga muallif nazarda tutgan darajada ta’sir qilsin. Bundan oşiği - buzib körsatişdir.
Bosqiçma-bosqiç buyuk kompozitorlarning asarlari bilan tanişib bor.
Heç qaçon duet, trio va şu kabilar kabi birgalikda ijro etişda iştirok etiş imkoniyatini boy berma. Bu sen uçun juda katta tajriba böladi. Tez-tez qöşiq ijroçilariga jörnavozlik qil.
Hamma birinçi skripka partiyasini ijro etişni xohlaşganida edi, orkestrni şakllantirib bölmas edi. Şuning uçun har bir musiqaçini uning örnida hurmat qil.
Öz musiqa çolğu asbobingni yaxşi kör, lekin juda oşirib yuborib uni yagona deb öylama. Esingda saqla, boşqa va xuddi şunday gözal çolğu asboblari mavjud. Qöşiqçilar borligini ham esla; esingdan çiqmasin - musiqaning eng baland çöqqisi öz aksini xor va orkestrda topadi.
Katta ustalarning, ayniqsa I. S. Baxning fugalarini ğayrat bilan ijro et. I. S. Baxning "Yaxşi temperatsiyalaşgan klavir" asarlari sen uçun eng muhim asarlardan biri bölişi lozim. Şunda sen şak-şubhasiz puxta musiqaçi bölasan.
Öz örtoqlaring içidan sendan köp biladiganlarni qidir.
