TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

AYOL BORKI - OLAM MUNAVVAR

Eng gözal oyning eng nafis bayrami - xotin-qizlarga ehtirom körsatiş an’anasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega bölib bormoqda. Zero, jamiyatning madaniyat darajasi, ma’naviy barkamolligi ayollarga bölgan munosabat bilan belgilanadi. Jannat poyida bölgan mötabar onalarimizni e’zozlaş, ularning farzand tarbiyasi va yurt kelajagi yölidagi jonkuyarliklarini qadrlaş, şuningdek, munis ayollarimiz va suyukli opa-singillarimizni ardoqlaş xalqimizga xos qadriyat sanaladi.

Joriy yilning 7-mart kuni 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida ham uşbu bayramga bağişlangan bayram konsert-tadbiri bölib ötdi. Maktab direktori V. Abduvaliyev tadbirni oçişda ayollarning jamiyatda tutgan örnini ta‘kidlar ekan, 10-sonli BMSM xotin-qizlari faoliyatiga aloxida töxtalib ötdi. Konsertda maktab öqituvçi va öquvçilari tomonidan tayyorlangan kuy, qöşiq va raqslar tomoşabinlarga havola etildi. Maktabimiz sahnasida ilk bor amaliy san’at bölimi öquvçilari öz qöllari bilan bajargan iş namunalarini taqdim etişdi. Maktab jamoasi erkaklari tomonidan sovğalar taqdim etilganidan söng maktabimiz xodimi Yu. A. Trifonov ijrosida qöşiq tinglandi.