Angren şahar, 31-daxa, 30-uy
Tel.: +998 70 665-06-46Maktabimizda «9-may-Xotira va qadrlaş kuni» munosabati bilan uluğ Vatan uruşi qatnaşçisi, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist, ustoz san’atkor Ğofur Azimovning xotirasiga bağişlab, “Inson qadri-aziz, xotira-muqaddas!” deb nomlangan adabiy-musiqiy keça bölib ötdi. Uşbu tadbirga maktabimiz xalq çolğulari bölimi oliy toifali öqituvçisi, xalq maorif a’loçi Nozimjon Rahmatov taşabbuslari bilan ustoz san’atkor Ğofur Azimovning farzandi, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist Xasan Azimov, ustazoda sozanda Bahodir Tursunmatov, Yoqubjon Saidov, şuningdek «Şuhrat» medali sohibi Ma’rufjon Azimovlar taşrif buyurişdi. Tadbirni kötarinki kayfiyatda ötişi uçun şahrimizda faoliyat yuritayotgan «Şans» şou-balet jamoasi va uning rahbari Ramazanov Rustem Yusupoviç hamda Angren şahar 23-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi öqituvçisi Nazirov Akmal Abdumutaloviç va maktab rahbari Narbaev Şukurjon Alimjanoviç bilan hamkorlik qilindi. Tadbir marhum ustoz Ğofur Azimov hayoti va ijodi haqida jonli suhbat hamda savol-javoblar, “Samo” va “Sarboz” doiraçilar ansambllarining çiqişlari, “Şans” şou-balet jamoasi raqslari, taşrif buyurgan ustazoda sozandalarning mahorat darslari va kuy-qöşiqlarga ulangan holda kötarinki kayfiyatda ötdi. Taşrif buyurgan mehmonlar, ota-onalar va öquvçilar bölib ötgan tadbirdan yaxşi taassurotlar bilan ketişdi. Tadbirda Angren şahar madaniyat bölimi boşliği Şokirjon Mirjalilov qatnaşib, tadbirdan söng tadbir taşkilotçilariga va mehmonlarga yuksak darajada ötkazilgan mahorat darslari uçun öz minnatdorçiligi bildirdi.




















