Angren şahar, 31-daxa, 30-uy
Tel.: +998 70 665-06-46Angren şahar 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi xalq çolğulari bölimi öqituvçilari “Ijod maskani” ruknida taşkil etilgan oylikning sönggi, ya’ni 2025-yil 29-noyabr kunida maktabimizning kiçik kontsert zalida Özbekistonda xizmat körsatgan artist, Özbekiston doiraçilar jamoat birlaşmasi asosçisi, “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi, professor Dilmurod Islomovning yorqin xotirasiga bağişlangan “Doirani sen çalmading — kuylatding!” deb nomlangan ilmiy ma’ruza tinglovçilarga taqdim etişdi.
Ma’ruza muallifi — Özbekiston xalq maorifi a’loçisi, ustoz doyradast Nozimjon Rahmatov ustoz Dilmurod Islomovning hayot yöli va sermazmun ijodlariga töxtalib ötdi.
Ilmiy ma’ruza söngida tinglovçilarga Lutfulla Mahmud şe’ri, Abduhoşim Ismoilov musiqasi bilan Özbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova ijrosidagi ustoz Dilmurod Islomovga bağişlangan qöşiq havola etildi. Ekran orqali namoyiş etilgan video rolik va foto suratlar ma’ruza mazmunini boyitiş va yanada ta’sirçan bölişiga xizmat qildi.



