Angren şahar, 31-daxa, 30-uy
Tel.: +998 70 665-06-46Maktabimizda 2025–2026 öquv yilida 1-sinfga qabul qilingan kiçik mehmonlarni qutlaş va ularga yangi boşlangan ta’lim yölida motivatsiya beriş maqsadida “Birinçi sinf öquvçilarining konserti” nomli yorqin va quvonçli tadbir bölib ötdi.
Tadbir davomida öqituvçilar tomonidan mahorat bilan yaratilgan ertak qahramonlari obrazlari sahnaga alohida sehr bağişladi. Qaldirğoçdek uçib kelgan kiçkintoylar bu qahramonlarni körib hayrat va quvonçga töldi, ularning közlarida samimiy tabassum, quvonç va işonç porlab turdi.
Zalda taşkil etilgan qiziqarli öyinlar esa tadbirga yanada jonlilik baxş etdi. Har bir öquvçi öz ixtiyori bilan maydonga tuşib, döstlari bilan bir qatorda faol iştirok etdi. Öyinlar jarayonidagi şovqin-suronga bolalarning beğubor kulgusi qöşilib, butun zalni ijobiy kayfiyatga töldirdi.
Konsert davomida har bir bölimga qabul qilingan öquvçilar özlari şu vaqtgaça örgangan musiqa asarlarini namoyiş etişdi. Bu ularning ilk ijrolari bölsa-da, sahnadagi işonçi, intilişi va mehri barçaga manzur böldi.
Tadbirga taşrif buyurgan ota-onalar, ustozlar va mehmonlar har bir çiqişni olqişlab, kiçkintoylarning ilk qadamlarini qöllab-quvvatlab turişdi. Zalda mehr, faxr va quvonç bir-biriga uyğunlaşib ketdi.
Konsertning yakunida 1-sinf öquvçilariga esdalik sovğalari tantanali tarzda topşirildi. Bu sovğalar ular uçun nafaqat quvonç, balki maktab hayotidagi ilk katta xotiraga aylandi.
Tadbir barça iştirokçilar uçun unutilmas taassurotlar qoldirdi va yangi öquv yilining yorqin boşlanişi bölib xizmat qildi.











