TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

Maktabimizda Yangi yil tadbiri bölib ötdi

Angren şahar 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Yangi yil bayrami munosabati bilan quvonç, sehr va ijodga töla bayram konserti bölib ötdi.

Uşbu tadbir doirasida bolajonlar uçun sahnalaştirilgan “Raqamli olamda Yangi yil sarguzaşti” nomli ertak tomoşabinlarni zamonaviy texnologiyalar va bayram möjizalari uyğunlaşgan sehrli olamga yetakladi.

Konsert davomida maktabning har bir yönalişida tahsil olayotgan öquvçilar öz iste’dodlarini namoyon etib, kuy-qöşiqlar, musiqiy ijrolar va turli ijodiy çiqişlar bilan sahnaga fayz baxş etdilar. Ularning samimiy ijrosi konsertga taşrif buyurgan ota-onalar hamda mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Bayramona ruh, bolalarning beğubor quvonçi va san’atga bölgan muhabbat uyğunlaşgan uşbu konsert Yangi yilni yorqin kayfiyatda kutib olişga munosib tuhfa böldi.

Yangi yil
Yangi yil
Yangi yil
Yangi yil
Yangi yil
Yangi yil
Yangi yil
Yangi yil
Yangi yil
Yangi yil
Yangi yil
Yangi yil
Yangi yil
Yangi yil
Yangi yil