TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

B. X. Dosimbetov va U. A. Yunusov mahorat darsi ötkazişdi

2026-yil 14-fevral kuni Angren şahar 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida navbatdagi mahorat darsi yuqori saviyada taşkil etildi. Mazkur ijodiy uçraşuvda Özbekiston davlat konservatoriyasi “Çolğu ijroçiligi” fakulteti “Xalq çolğularida ijroçilik” yönalişi dotsentlari — Dosimbetov Batir Xaytmurotoviç hamda Yunusov Uluğbek Abduxaşimoviç öz şogirdlari bilan taşrif buyurişdi.

Mahorat darsi davomida ustozlar xalq çolğularida ijroçilik sir-asrorlari, sahna madaniyati, asarni talqin qiliş mahorati va ijro texnikasini takomillaştiriş borasida qimmatli tavsiyalar berdilar. Öquvçilar jonli ijro namunalarini tinglab, ustozlardan bevosita saboq oliş imkoniyatiga ega bölişdi.

Ijodiy muloqot ruhida ötgan mazkur uçraşuv yoş ijroçilar uçun katta tajriba maktabi böldi. Bunday mahorat darslari öquvçilarning kasbiy mahoratini oşiriş, milliy çolğu ijroçiligi an’analarini rivojlantiriş hamda ustoz-şogird an’anasini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktab direktori V. Yu. Abduvaliyev sözga çiqib, Dosimbetov Batir Xaytmurotoviç hamda Yunusov Uluğbek Abduxaşimoviçga mahorat darsini yuqori saviyada ötkazganliklari, yoş ijroçilar bilan samarali ijodiy hamkorlik qilganliklari uçun samimiy minnatdorçilik bildirdi.

Şuningdek, hamkorlik va ijodiy aloqalarni mustahkamlaş yölida körsatgan e’tibor va amaliy kömaklari uçun ustozlarga taşakkurnomalar topşirildi. Tadbir kötarinki ruhda, ustoz-şogird an’analari va milliy çolğu ijroçiligi rivojiga xizmat qiladigan muhim voqea sifatida yakunlandi.