Angren şahar, 31-daxa, 30-uy
Tel.: +998 70 665-06-46Angren şahar 10-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida söz mulkining sultoni — Alişer Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda şoh va şoir, buyuk sarkarda — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Bir asrning ikki dahosi” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir yuksak saviyada bölib ötdi.
Adabiyot va sanʼat uyğunlaşgan uşbu keçada sahna göyo tarix bilan yuzma-yuz suhbat qurdi. Öquvçilar tomonidan ijro etilgan ğazalxonlik namunalari Navoiy va Bobur satrlaridagi çuqur maʼno, nozik tuyğular va yuksak maʼrifat ruhini tomoşabinlar qalbiga yetkazdi. Har bir misra jaranglagan sari zalda ötirgan tomoşabinlar maʼnaviy zavq va iftixor tuyğusini his etdilar.
Anʼanaviy xonandalik hamda xalq çolğulari bölimi öqituvçilari va öquvçilari ijrosidagi mumtoz kuy-qöşiqlar keçaga özgaça fayz bağişladi. Jonli ijro, milliy ohang va samimiy çiqişlar tomoşabinlarning olqişlariga sazovor böldi.
Xoreografiya bölimi öquvçilarining nafis va jozibador raqslari esa tadbirga yanada kötarinki kayfiyat baxş etdi. Raqslar orqali milliy qadriyatlarimiz, gözallik va nafosat tarannum etildi.
Mazkur maʼnaviy keça tomoşabinlar qalbida uzoq vaqt unutilmas taassurot qoldirdi hamda yoş avlodni buyuk ajdodlarimiz merosini çuqur örganişga undadi.





