Angren şahar, 31-daxa, 30-uy
Tel.: +998 70 665-06-462026-yil 10-fevral kuni Angren şahar 33-sonli umumiy örta ta’lim maktabida Angren şahar 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi torli çolğular bölimi bilan hamkorlikda 1-“D” sinf öquvçilari iştirokida buyuk mutafakkir va davlat arboblari — Alişer Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi.
Tadbir davomida öquvçilar Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning qayerda va qaçon tuğilganliklari, ularning kim bölganliklari, şuningdek, adabiyot va tarixdagi beqiyos örni haqida ma’lumotlar taqdim etdilar. Sahna çiqişlari orqali buyuk ajdodlarimizning boy adabiy va ma’naviy merosi, ilm-fan va madaniyat rivojiga qöşgan ulkan hissasi keng va ta’sirçan tarzda yoritildi.
Tadbirga alohida badiiy ruh bağişlagan çiqişlardan biri — maktabimiz öquvçilari tomonidan skripka çolğusida ijro etilgan kuylar böldi. Nafis ohanglar tomoşabinlarda çuqur hissiy taassurot uyğotib, tadbirning ma’naviy saviyasini yanada oşirdi.
Şuningdek, tadbir doirasida “Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning buyukligi” mavzusida tayyorlangan maxsus video rolik namoyiş etildi. Unda ikki buyuk siymoning hayoti, ijodi va bebaho ma’naviy merosi yorqin lavhalar orqali aks ettirildi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir öquvçilarning milliy adabiyotimiz va tariximizga bölgan qiziqişini yanada oşirib, ularda buyuk ajdodlarimiz merosiga nisbatan hurmat va faxr tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qildi.


