Angren şahar, 31-daxa, 30-uy
Tel.: +998 70 665-06-46Angren şahar 34-sonli alohida ta’limga ehtiyojlari bölgan, tayanç-harakat a’zolari şikastlangan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internatida buyuk mutafakkir va söz sultoni Alişer Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Navoiyga ehtirom” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Mazkur tadbirda maktab-internat tarbiyalanuvçilari Alişer Navoiy merosini çuqur örganiş, uning bebaho asarlarini yod oliş va sahna körinişlari orqali ijro etiş orqali öz iste’dodlarini namoyon etdilar. Tadbir davomida Navoiy ğazallari, ruboiylari va hikmatli sözlari badiiy ifoda bilan yangrab, tomoşabinlarga unutilmas taassurot qoldirdi.
Tadbir Angren şahar 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining xoreografiya bölimi bilan hamkorlikda taşkil etilib, mazkur bölim öquvçilari tomonidan ijro etilgan nafis va mazmunli raqslar tadbirga yanada fayz va körk bağişladi. Sahnalaştirilgan raqs kompozitsiyalari orqali Şarqona noziklik, milliy qadriyatlar va Navoiy asarlaridagi ma’naviy ruh yorqin aks etdi.
Tadbir söngida maktab-internat ma’muriyati tomonidan tadbirni taşkil etişda faol iştirok etgan barça öquvçilar, ustozlar va hamkorlarga samimiy minnatdorlik bildirilib, ularga taşakkurnomalar hamda esdalik sovğalari topşirildi. Uşbu ma’naviy tadbir iştirokçilar qalbida milliy adabiyotimizga bölgan muhabbat va buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat tuyğularini yanada mustahkamladi.








