TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

Nozimjon Rahmatov oçiq dars ötkazildi

2026-yil 31-yanvar kuni Angren şahar 10-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi xalq çolğulari bölimi, zarbli çolğulari sinfida «Öqituvçi va öquvçilarning ijodiy hamkorligi xususiyatlari» mavzusida oçiq dars ötkazildi.

Bu darsga mukammal va puxta tayyorgarlik körgan ustoz Nozimjon Rahmatov köp yillik tajribalari zamirida özbek musiqa san’atining tarixi, buyuk ustozlarimiz Usta Olim Komilov, Muhiddin qori Yoqubovlarning hayoti va ijodlariga ta’rif berib, bugungi yoşlar kamolotida nazariyot va amaliyot saboqlarini hamnafaslikda olib borişlikni röy-rost oçib bera oldilar.

Darsdan közlangan maqsad U. O. Komilov doira darsligi maktabini puxta örganiş, pirovardida çet el kompozitorlari asarlarini ijro qila oliş xususiyatlari edi.

Boy körgazmalilik, yirik şakldagi murakkab asarlarning ijrosi, ijrodagi yorqin ansambllik darsning mohiyatini oçib bera oldi.

Öz navbatida oldimizda turgan M. Q. Yoqubov nomidagi respublika tanloviga tayyorgarlik jarayonlari ham maktab ma’muriyati tomonidan örganilib çiqildi.

Oçiq dars jarayonlarida öquvçilardan Asilbek Ergaşev, Ahrorbek Avazboev, Adizbek Abdumutalovlar özlarining iste’dodlarini körsata oldilar.