TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

Maktabimizda bayram konsert dasturi bölib ötdi

Angren şahar 10-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram konsert dasturi bölib ötdi.

Tadbir davomida maktab öquvçilari tomonidan turli xil musiqiy çiqişlar, qöşiqlar hamda sahna körinişlari namoyiş etildi. Xoreografiya, xor va xalq çolğulari bölimi öquvçilari öz iste’dodlarini namoyon etib, tomoşabinlarga bayramona kayfiyat ulaşdilar.

Konsert jarayonida ustoz ayollar, onalar va barça xotin-qizlarga samimiy tabriklar bildirildi. Tadbir kötarinki ruhda ötib, mehmonlar va ota-onalarda iliq taassurot qoldirdi.

Barça aziz ayollarimizni yana bir bor 8-mart bayrami bilan tabriklaymiz!