TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

«Iloq» etnografik festivali bölib ötdi

Кöhna Ohangaronning Örğozsoy kengliklarida an’anaviy «Iloq» etnofestivali bölib ötdi

Iloq — davlatçiligimiz asriy ildizlarining yaqqol ifodasi bölgan qadimiy madaniyat oşiyonidir. U özining boy konlari (oltin, kumuş, mis, feruza va h.k.) bilan butun Şarqda maşhur bölgan. Bu hududda milliy hunarmandçilik, boğdorçilik keng rivojlanib, Buyuk Ipak Yöli madaniyatida alohida örin tutgan. Bu bebaho tarixni xalqimizga, bugunning yoşlariga etkaziş maqsadida an’anaviy “Iloq” etnografik festivalining örni va ahamiyati beqiyos.

Festival viloyat hokimligi, viloyat turizm va madaniy meros boş boşqarmasi, viloyat madaniyat boşqarmasi, Ohangaron tumani hokimligi, Özbek milliy qöğirçoq teatri, “ZOOM-Proyekt” jurnali hamkorligida, Xalqaro “Oltin meros” hayriya jamoat Fondining ğoyasi bilan oltinçi marta ötkazildi.

“Iloq” etnografik festivalida iştirokçilar qadimgi Iloq davlatining tarixiy urf-odatlari, odamlarning yaşaş tarzi, madaniyatidan zavq olib, folklor ansambllar, dorbozlarning çiqişlari, teatr ustalarining badiiy mahoratlariga guvoh böldilar. Kontsert dasturlari, maydon tomoşalari, qolaversa, gastro, etno, sport turizm imkoniyatlaridan bahra oldilar.

Uşbu festivalda 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining tasviriy san’at öquvçilari Uralov Abduraxim özining rasmlar körgazmasi bilan qatnaşdi.