Angren şahar, 31-daxa, 30-uy
Tel.: +998 70 665-06-46Joriy yilning 18-fevral kuni maktabimizda xalq çolğulari bölimi dutor sinfi öqituvçisi Yusupova Lola Keldiyorovna sinfida “Ufori usulining Toşkent–Farğona yönalişida keng qöllanilişi” mavzusida oçiq dars bölib ötdi.
Dars jarayonida “Ufori” usulining öziga xos jihatlari, uning Toşkent-Farğona maqom yöli anʼanasidagi örni hamda dutor ijroçiligida qöllaniladigan “Ufor” ştrixi haqida batafsil maʼlumot va tuşunçalar berildi. Ustoz va şogird birgalikda “Ufor” ştrixi qöllanilgan kuylarni ijro etib, mazkur ştrixning kuyga harakatçan joziba, yengillik va “uçuvçi” kayfiyat bağişlaşini amaliy namoyiş etdilar. Bu esa öquvçida katta taassurot qoldirdi.
Şuningdek, dars davomida jörnavoz Andreyeva Arina Olegovna bilan hamkorlikda çet el kompozitorlari hamda özbek bastakorlarining asarlari ijro etildi. Ijrolar orqali öquvçi va ustoz öz mahoratlarini namoyon qildilar.
Darsga taşrif buyurgan öqituvçilar oçiq dars mazmunli, qiziqarli va foydali ötganini alohida taʼkidlab, öqituvçi va öquvçiga öz minnatdorçiliklarini bildirdilar.


