Angren şahar, 31-daxa, 30-uy
Tel.: +998 70 665-06-46Angren şahar 10-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining kiçik zalida Özbekiston davlat konservatoriyasi “Xalq çolğularida ijroçilik” kafedrasi professori, köplab xalqaro tanlovlar sovrindori, mohir sozanda Odiljon Nazarov öz talabalari bilan birgalikda qaşqar rubobi çolğusida ijro mahoratini oşiriş böyiça mahorat darsi ötkazdi.
Mazkur mahorat darsi davomida bolalar musiqa va san’at maktablarining har bir bölimida amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar, öqituvçi va ma’muriyatning örni, şuningdek, öquvçi hamda ota-onalarning çolğu örganişga bölgan qiziqişini oşirişga doir muhim tavsiyalar berildi. Şuningdek, maktab öquvçilarining hozirda örganayotgan kuy va ijrolari yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakunida Özbekiston davlat konservatoriyasi “Xalq çolğularida ijroçilik” kafedrasi talabalari tomonidan kiçik konsert dasturi namoyiş etildi.
Mahorat darsi söngida maktab direktori Vohidjon Abduvaliyev taşrif buyurgan ustozlar va talabalarga maktab jamoasi hamda ma’muriyati nomidan minnatdorçilik bildirib, kelgusida ham bunday mahorat darslarini hamkorlikda har yili ötkazib boriş böyiça kelişuvga erişildi.







