Angren şahar, 31-daxa, 30-uy
Tel.: +998 70 665-06-46Joriy yilniing 1-may kuni Angren şahridagi Alişer Navoiy nomli madaniyat markazida “Yoşlar – bizning kelajagimiz” şiori ostida mazmunli va kötarinki ruhda tadbir ötkazildi. Unda Angren şahar 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi öquvçilarining çiqişlari yuksak did va ijodiy yondaşuv bilan ajralib turdi. Öqituvçi X.A. Pazilova rahbarligidagi öquvçilar özlari işlab çiqqan liboalarni namoyan etdilar.
Mazkur tadbir nafaqat modalar namoyişi sifatida, balki öquvçilarning amaliy san’at yönalişidagi iste’dodi va salohiyatini namoyon etuvçi muhim madaniy loyiha sifatida e’tiborga loyiqdir. Tadbir davomida namoyiş etilgan liboslar özining betakror dizayni bilan tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Xususan, atlas va adras kabi milliy matolardan zamonaviy uslubda tikilgan liboslar an’anaviylik va zamonaviylikning uyğunligini yaqqol ifoda etdi. Har bir libosda öquvçilarning estetik qaraşi, nozik didi hamda ijodiy izlanişlari öz aksini topganini köriş mumkin.
Tadbir taşkilotçilari, fidoyi ustozlar va faol öquvçilarga kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Ularning har bir yutuqi yurtimiz san'ati rivojiga qöşilgan munosib hissa bölib qoladi.

