Angren şahar, 31-daxa, 30-uy
Tel.: +998 70 665-06-46Angren şahar axborot-kutubxona markazida 9-may — Xotira va qadrlaş kuniga bağişlangan “Xotira – kelajak poydevori” nomli ma’naviy-musiqiy tadbir bölib ötdi.Tadbirda Angren şahar Ma‘naviyat va ma’rifat bölimi rahbari A.Şaxanov, iste‘fodagi podpolkovnik, şoir T.Oripov, şoir Adham Adl fido, FVV bölinmasi vakillari,10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi öqituvçisi jamoasi hamda Abdusalom baxşi iştirok etdi. Iştirokçilar Xotira va qadrlaş kunining mazmun-mohiyati, ajdodlarimizning mardligi va bugungi tinç hayotimizning qadriga yetiş haqida fikr-mulohazalar bildirdi.
Tadbir davomida ijodkorlar öz asarlaridan parçalar öqib, yiğilganlarga unutilmas taassurot qoldirdi.10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi ijrosidagi kuy-qöşiqlar tadbirga özgaça şukuh bağişladi.






