TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

Dilorom Omonullayeva xotirasiga bağişlangan körik-tanlov bölib ötdi

Toşkent viloyati Çirçiq şahri 15-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Toşkent viloyati bolalar musiqa va san’at maktablarining estrada va akademik xonandalik yönalişlari öquvçilari örtasida taniqli kompozitor Dilorom Omonullayeva xotirasiga bağişlangan körik-tanlov bölib ötdi.

Mazkur tanlov yoş ijroçilarning vokal mahoratini oşiriş, ularning sahna madaniyatini şakllantiriş hamda milliy va zamonaviy musiqa san’atiga bölgan qiziqişini yanada kuçaytiriş maqsadida taşkil etildi. Unda viloyatning turli hududlaridan kelgan iqtidorli öquvçilar iştirok etib, estrada va akademik yönalişda rang-barang çiqişlar namoyiş etdilar.

Iştirokçilar ijrosida özbek va jahon bastakorlarining asarlari, jumladan, Dilorom Omonullayevaning kuy-qöşiqlari yangrab, tomoşabinlarga unutilmas taassurot qoldirdi. Har bir iştirokçi özining ovoz imkoniyatlari, ijro texnikasi va badiiy ifodasi bilan hakamlar hay’ati e’tiborini qozonişga harakat qildi.

Angren şahar 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi estrada xonandaligi yönalişi öquvçisi Abduvahobov Jamşid uşbu tanlovda iştirok etib faxrli III örinni qölga kiritdi.

Maktab ma’amuriyati iqtidorli öquvçini uşbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va yutuqlar bardavom bölib qolişini tilab qoladi.