TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

Maktabda “Uç avlod uçraşuvi” tadbiri bölib ötdi

Joriy yilning 25-may kuni Angren şahar “Gözal” MFYda taşkil etilgan “Uç avlod uçraşuvi” tadbiri Angren şahar 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida bölib ötdi.

Tadbirda hayot sinovlarini bosib ötgan, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni asrab-avaylab kelayotgan nuroniylarimiz, öz mehnati bilan jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qöşib kelayotgan örta avlod vakillari hamda yurtimizning ertangi kuni bölgan, közida orzu, qalbida işonç porlab turgan yoşlar iştirok etdilar.

Uçraşuv davomida faxriylarimiz yoşlarga vaqtdan unumli foydalaniş, kitob mutolaasiga alohida e’tibor qaratiş, ustozlarni hurmat qiliş, ota-ona roziligini oliş insonni yuksak marralarga yetaklovçi eng katta kuç ekanligi haqida samimiy fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Mazmunli suhbatlar, avlodlar örtasidagi samimiy muloqot va dildan çiqqan nasihatlar tadbir iştirokçilarida katta taassurot qoldirdi. Bayramona ruhda ötgan tadbir barçaga kötarinki kayfiyat va iliq taassurotlar ulaşdi.