TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

Yakuniy hisobot konserti bölib ötdi

Joriy yilning 15-may kuni Angren şahar 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida 2025–2026 öquv yili yakunlariga bağişlangan hisobot konserti yuqori saviyada bölib ötdi. Tadbirda maktabning barça bölimlari faol iştirok etib, öquvçilar tomonidan tayyorlangan musiqiy çiqişlar tomoşabinlarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.

Konsert dasturida fortepiano, xalq çolğulari, torli çolğular, vokal, xoreografiya hamda boşqa yönalişlar öquvçilari öz iste’dod va mahoratlarini namoyiş etdilar. Har bir çiqiş öquvçilarning yil davomida olgan bilim va könikmalarining yorqin namunasi böldi.

Şuningdek, tadbir davomida amaliy san’at va tasviriy san’at bölimi öquvçilari tomonidan tayyorlangan ijodiy işlar körgazmasi taşkil etildi. Körgazmada rangtasvir, grafika, qöl mehnati va turli dekorativ-amaliy san’at namunalaridan iborat ijodiy işlar namoyiş etilib, mehmonlar va ota-onalarda katta taassurot qoldirdi.

Hisobot konserti öquvçilarning san’atga bölgan qiziqişi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda maktab jamoasining ijodiy salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.