TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

Davlat imtihonlari bölib ötdi

Joriy yilning 11-may kuni Angren şahar 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida bitiruvçi öquvçilar uçun musiqa nazariyasi va musiqa adabiyoti fanlaridan davlat imtihonlari bölib ötdi. Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va talablar asosida taşkil etilib, öquvçilarning nazariy bilimlari, musiqiy savodxonligi hamda eşitiş qobiliyatlari sinovdan ötkazildi.

Musiqa nazariyasi fanidan öquvçilar nota öqiş, ritmni his qiliş, interval va akkordlarni aniqlaş kabi topşiriqlarni bajarişdi. Musiqa adabiyoti fanida esa jahon va özbek musiqa san’ati namoyandalari, maşhur asarlar hamda musiqiy janrlar böyiça bilimlar sinovdan ötkazildi.

Imtihonlarda öquvçilar öz bilim va tayyorgarliklarini namoyon etib, ustozlar tomonidan munosib baholandi.

Tadbir yakunida imtihon komissiyasi raisi, maktab direktori Vohidjon Abduvaliyev bitiruvçilarning nazariy fanlardan olgan baholari bilan taniştirib, bitiruvçilarga keyingi davlat imtihonida omad yor bölişini tiladi.