Angren şahar, 31-daxa, 30-uy
Tel.: +998 70 665-06-46Joriy yilning 13-iyun kuni poytaxtdagi “Xalqlar döstligi” san’at saroyida Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalarining yillik hisobot konserti bölib ötdi. Madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan yoş iste’dodlarning yutuqlari namoyiş etilgan uşbu tadbir kötarinki ruhda taşkil etildi.
Hisobot konserti avvalida madaniyat vazirining birinçi örinbosari Avazxon Tadjixanov sözga çiqib, mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantiriş, yoş avlodning ijodiy salohiyatini qöllab-quvvatlaş hamda sifatli ta’lim muhitini yaratiş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarga alohida töxtalib ötdi. Şuningdek, u vazirlik tasarrufidagi ta’lim muassasalari tomonidan erişilayotgan yutuqlar, xalqaro va respublika miqyosidagi tanlovlarda qölga kiritilayotgan natijalar yoşlarning iste’dodi va ustozlarning fidokorona mehnati samarasi ekanini ta’kidladi. Barça öquvçi va talabalarni erişgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, ularga kelgusi ijodiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladi.
Hisobot konsertida respublikamizning barça hududlaridan taşrif buyurgan vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarining 500 nafarga yaqin öquvçi va talabalari iştirok etdi. Dastur davomida milliy va jahon mumtoz musiqasi namunalari, folklor va estrada yönalişidagi kuy-qöşiqlar, raqs kompozitsiyalari hamda teatr sahnalaştirişlari namoyiş etildi. Yoş ijodkorlar öz mahorati va ijodiy salohiyatini keng jamoatçilikka namoyon etib, tomoşabinlarga unutilmas taassurotlar ulaşdi.
Tadbir Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonlari, yoşlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiriş, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş borasida amalga oşirilayotgan işlarning amaliy natijasi sifatida e’tirof etildi.
Ta’kidlaş joizki, respublika miqyosida vazirlik tasarrufidagi barça ta’lim muassasalari öquvçi va talabalarini qamrab olgan bunday keng kölamli hisobot konserti ilk bor taşkil etildi. Mazkur loyiha yoş iste’dodlarni qöllab-quvvatlaş, ularning ijodiy tajriba almaşişiga imkon yaratiş hamda madaniyat va san’at ta’limi tizimidagi yutuqlarni keng jamoatçilikka yetkazişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ma’lumot örnida, bugungi kunda vazirlik tizimida jami 367 ta ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Şundan, 326 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 29 ta ixtisoslaştirilgan san’at va madaniyat maktabi, maktab-internatlar, 9 ta oliy ta’lim muassasasi va filiallar, 2 ta qayta tayyorlaş va malaka oşiriş markazi, şuningdek, 1 ta oliy maktab faoliyat yuritmoqda. Uşbu muassasalarda jami 108 ming nafardan ortiq öquvçi va talaba tahsil olmoqda, 18 mingdan ziyod pedagog va professor-öqituvçilar mehnat qilmoqda.








