Angren şahar, 31-daxa, 30-uy
Tel.: +998 70 665-06-46Joriy yilning 16-oktyabr kuni Angren şahar 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida öquvçilarning musiqiy mahoratini oşiriş va ijroçilik texnikasini çarxlaşga bağişlangan navbatdagi oçiq dars bölib ötdi.
Dars maşğuloti öqituvçi Dolgikh Anastasiya Vladimirovna hamda 2-sinf öquvçisi Sultanova Söğdiyona iştirokida taşkil etildi.
Darsning asosiy mavzusi:
Boşlanğiç sinf öquvçilarini texnik sinovga (zaçyotga) tayyorlaş jarayoni bölib, unda:
Re mazhor (D-dur) va Si minor (h-moll) gammalari;
Karl Çerni qalamiga mansub Lya mazhor (A-dur) etyudi ustida mukammal va tahliliy iş olib borildi.
Oçiq dars davomida öquvçining barmoqlar texnikasi, apparatni töğri qöyilişi va musiqiy asarni badiiy idrok etiş könikmalarini rivojlantiriş böyiça metodik tavsiyalar berib ötildi. Yoş musiqaçimizga kelgusi sinovlarda ulkan zafarlar tilaymiz!


