TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

Til — millat vijdoni

21-oktyabr — Özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Angren şahar axborot-kutubxona markazi, 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi hamda 4-sonli texnikum hamkorligida “Til — millat vijdoni” nomli ma’naviy-musiqiy tadbir taşkil etildi. Tadbir davomida kutubxona mutaxassislari özbek tilining tarixi, uning milliy özligimiz va ma’naviyatimizdagi beqiyos örni, ona tilimizni asrab-avaylaş hamda uning sofligini saqlaşning ahamiyati haqida ma’lumot berdi. 4-sonli texnikum öquvçilari tomonidan ona tilini madh etuvçi şe’rlar ifodali tarzda yoddan aytildi.10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi tomonidan namoyiş etilgan kuy-qöşiqlar, jozibali raqslar hamda öquvçilarning qöl mehnati bilan yaratilgan ijodiy buyumlar körgazmasi tadbirga yanada fayz bağişladi.Tadbir yakunida iştirokçilar örtasida mavzu yuzasidan savol-javob taşkil etilib, ona tilimizga oid bilimlar yanada mustahkamlandi.