Angren şahar, 31-daxa, 30-uy
Tel.: +998 70 665-06-46Joriy yilning 17-noyabr kuni maktabizda yoş avlod qalbida kitobxonlik madaniyatini şakllantiriş, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş, odob-axloq me’yorlariga rioya qilişga undaş maqsadida “Odob-axloq xazinasi — bu kitob” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbir maktab kasaba uyuşmasi raisi Nozimjon Rahmatov hamda maktab kutubxonaçisi Ziyoda Madmurodova tomonidan Angren şahar axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda taşkil etildi.
Tadbirni maktab direktori V.Yu. Abduvaliyev kiriş sözi bilan oçib berdi. Öz nutqida kitob insonning eng yaqin dösti, bilim va ma’naviyat manbai ekanligini, yoşlar orasida mutolaa madaniyatini rivojlantiriş va ularni kitobxonlikka keng jalb etiş muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi.
Tadbir davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Kitobxonlikning inson ma’naviy hayotidagi beqiyos örni va ahamiyati;
Odob-axloq qoidalari, insoniy fazilatlar va milliy qadriyatlarni yoşlar ongiga singdiriş;
Badiiy adabiyotlarning yoş avlod tarbiyasidagi örni va ta’siri;
Kitob mutolaasi orqali dunyoqaraşni kengaytiriş, mustaqil fikrlaş va nutq madaniyatini rivojlantiriş;
Yoşlarni ma’naviy barkamol, bilimli, tarbiyali va vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazişda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi.
Tadbirda Angren şahar axborot-kutubxona markazi rahbari G. Safarova hamda “Gözal” MFY faoli R. Örazaliyeva iştirok etib, mavzu yuzasidan öz fikr va mulohazalarini bildirdilar.





