TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

Fortepiano olamiga ilk qadam!

Joriy yilning 13-noyabr kuni Angren şahar 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida fortepiano yönalişi böyiça öquvçilarning musiqiy bilim va könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan oçiq dars maşğuloti taşkil etildi.

Oçiq dars fortepiano bölimi öqituvçisi Turğunova Mohizoda Husniddin qizi tomonidan 1-sinf öquvçisi Nasibaliyeva Fotima iştirokida ötkazildi.

Dars davomida öquvçi fortepiano çolğusining tuzilişi va imkoniyatlari bilan tanişib, turli qiziqarli maşq va topşiriqlarni bajardi.

Maşğulot jarayonida:

«Barmoğim — sehrli tayoqça» maşqi;

«Sehrli koptok» barmoq gimnastikasi;

Ritmik öyinlar va qarsaklar orqali ritmni his qiliş maşqlaridan foydalanildi.

Dars davomida körgazmali vositalar, öyin-topşiriqlar va interfaol metodlardan samarali foydalanildi.

Oçiq darsning asosiy maqsadi öquvçida musiqiy eşitiş qobiliyati, ritm tuyğusi va barmoqlar harakatçanligini rivojlantiriş, fortepiano çolğusiga bölgan qiziqiş va mehrni yanada oşirişdan iborat böldi.

Zero, musiqaga qöyilgan ilk qadam — katta ijodiy yutuqlar sari boşlangan yöldir.