TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

Maktabimiz öqituvçisi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida iştirok etdi

2026-yil 3-noyabr kuni Özbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida “Milliy musiqiy madaniyat va estrada san’ati: uyğunlik va yangilaniş” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi.

Mazkur ilmiy-amaliy konferensiyada Angren şahar 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi öqituvçisi Zakirov Şamir Şakirdjanoviç ham iştirok etdi.

U konferensiyada magistrant sifatida “Zamonaviy saksofon ijroçiligida an’analar va novatorlik: Özbekiston estrada san’ati rivoji kontekstida” mavzusidagi ilmiy izlanişi bilan qatnaşdi.

Konferensiya milliy musiqiy merosimizni asrab-avaylaş, zamonaviy estrada san’atining rivojlaniş tendensiyalarini örganiş, ijroçilik mahorati va ilmiy izlanişlarni rivojlantiriş borasida muhim ilmiy muloqot maydoni böldi.

Maktabimiz jamoasi Zakirov Şamir Şakirdjanoviçga ilmiy va ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi izlanişlar hamda kelgusidagi işlariga rivoj tilaydi!