TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

Angren şahrida sumalak sayli

Xalqimiz orziqib kutgan bahorning ilk kunlaridayoq ona tabiat özgaça çiroy oçib, vatandoşlarimiz kayfiyatini yanada çoğ qilmoqda. Köngillarga xuşnudlik baxş etib, ölkamizda bahor şabadasi esmoqda. Quyoşning iliq taftidan bahra olayotgan zamin, dov-daraxtlar yaşil libosini kiymoqda. Zilol suvlari şildirab oqayotgan ariqlar böylarida, dalalarda kökatlar boş kötarib, kökka böy çözayotir. Yaşariş, yangilaniş fasli yurtdoşlarimiz qalbida şukronalik, elimizga tinçlik, bir-birlariga omonlik tilaydi. Tabarruk keksalarimizning qöllari esa duoda.

Bahorning birinçi kunlaridanoq Angren şahrida obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlari boşlab yuborildi. Ötkazilayotgan turli tadbirlar esa yurtdoşlarimiz könglini yanada obod qilmoqda, yaratuvçilik, bunyodkorlik işlariga undamoqda. Angren şahar hokimligi taşabbuskorligida “Delfin” suziş havzasida Navröz umumxalq bayrami munosabati bilan “Sumalak sayli” ötkazildi. Sayl davomida şahrimizdagi sport maktablari, musiqa va san’at maktablari, maktabgaça ta’lim va umumta’lim muassasalari tomonidan turli körgazmalar, musobaqalar taşkil etildi. Maktabimiz öqituvçilari va öquvçilari uşbu saylda faol qatnaşişdi. Iştirokçlilarning öyin-kulgulari, şe’r bazmi, ijro etilgan şöx qöşiqlari bayram tadbiriga yanada fayz kiritdi.