Angren şahar, 31-daxa, 30-uy
Tel.: +998 70 665-06-462023-yilning 3-noyabr kuni Nurafşon şahridagi muhtaşam Yoşlar markazi binosining majlislar zalida 11-noyabr - Kasaba uyuşmalari kuni bayrami munosabati bilan tantanali anjuman bölib ötdi. Bayram tadbirida şu sohaning nufuzli mehmonlari, Toşkent viloyati madaniyat, sport va turizm taşkilotlarining boşlanğiç kasaba uyuşmalari raislari iştirok etdilar. Maktabimiz boşlanğiç kasaba uyuşmasi raisi Nozimjon Rahmatovning iştiroki va taqdirlanganlar orasida bölganligi bizni jamoamiz ahlini quvontiradi. Tabrik söziga taklif etilgan N. Rahmatov barça anjuman iştirokçilarini kasb bayramlari bilan tabriklab, yuqori taşkilot rahbarlariga eʼtibor va sovğa salomlar uçun minnadorçilik bildirdi. Sovğalar orasida eng qimmatlisi Özbekiston Respublikasi mehnat kodeksi kitobi ekanligini taʼkidlab ötdi.






