TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

“Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali boşlandi

Iqtidorli bolalarning ijodi hamda taşabbuslarini keng ommaga namoyiş qiliş, ayniqsa, bolalar orasida tarğib etiş, yoş havaskor va professional ijodkorlarning faoliyatini rağbatlantiriş maqsadida respublikamiz böylab “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali boşlandi. Festivalga arizalar 24-oktabrdan 15-noyabr kunlariga qadar Yoşlar işlari agentligining tuman va şahar bölimlari orqali qabul qilinadi.

Tanlovga 6 yoşdan 15 yoşgaça bölgan ijodkor bolalar yakka, jamoaviy tarzda, quyidagi 6 ta yönalişdan birini tanlagan holda iştirok etişlari mumkin:

“A” guruhi: Klassika — fortepiano, torli, puflab, urib çalinadigan musiqa asboblari;

“V” guruhi: Vokal — anʼanaviy va akademik ijro, estrada, folklor hamda xor guruhlari;

“S” guruhi: Milliy çolğu — torli, çertib, puflab, urib çalinadigan musiqa asboblari;

“D” guruhi: Raqs va badiiy gimnastika — milliy, ball hamda zamonaviy raqslar, buyum (tasma, koptok, halqa, arğamçi) bilan va usiz turli nafis gimnastika va raqs maşqlarini musiqa ostida bajariş;

“E” guruhi: Tasviriy va amaliy sanʼat. Tasviriy sanʼat yönalişiga — grafika, rangtasvir, natyurmort, liboslar dizayni. Amaliy sanʼat yönalişiga — haykaltaroşlik, kulolçilik, zardözlik, quroqçilik, gilamdözlik, biser töqiş, yumşoq öyinçoqsozlik, naqqoşlik, kaştaçilik, yoğoç öymakorligi kiradi;

“F” guruhi: nasr va nazm. Nazm yönalişiga — şeʼr, ğazal, doston hamda nasr yönalişiga — hikoya, ertak kiradi.

Festivalning tuman va şahar bosqiçlari joriy yilning 15-30 noyabr kunlaril, viloyat bosqiçi 2023-yilning 1-15 dekabr kunlari örkaziladi.

Tanlovning ötkaziliş tartibi haqida nizom bilan batafsil uşbu havola orqali tanişiş mumkin.