Angren şahar, 31-daxa, 30-uy
Tel.: +998 70 665-06-46Angren şahar “Mustaqillik”, “Таraqqiyot” va “Kökterak” mahallalarida “Yangi hayot uçun, Yangi Özbekiston uçun!” şiori ostida “Mahallada duv-duv gap” loyihasi doirasida “Xalq va armiya - bir tanu bir jondir” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri bölib ötdi. RMMM Angren şahar bölinmasi rahbari A.Yusupov, Toşkent harbiy okrugiga qaraşli Angren garnizoni komandirining tarbiyaviy va ma’rifiy işlar böyiça örinbosari, mayor J.Abdullayev, 18-umumiy örta ta’lim maktabi öquvçilari va ustozlari iştirok etişdi. Tadbirda sözga çiqqanlar mamlakatimizda olib borilayotgan keng kölamli islohatlar, harbiy vatanparvarlik, yoşlarimizni Vatanga sodiq qilib tarbiyalaş, xalqimiz tinçligi yölida armiyamiz barçamizning tayançimiz ekanlini ta’kidlab ötişdi. Tadbirda maktabimiz xalq çolğulari bölimi öqituvçisi Yusupova Lola Keldiyorovna özining öquvçilari bilan qatnaşib, diltortar kuylarni ijro etişdi.





