TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

34-sonli maktab internati tarbiyalanuvçilari uçun konsert uyuştirişdi

Angren şahrida joylaşgan 34-sonli maktab internati tarbiyalanuvçilari uçun maktabimiz öqituvçi va öquvçilari konsert uyuştirişdi. Söz mulkining sultoni, hazrat Mir Alişer Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan uyuştirilgan tadbir-konsertda maktab-internat tarbiyalanuvçilari ruboiy, ğazalllarni yoddan aytib berişdi. Amaliy sanʼat bölimi öquvçilarimizning körgazmalarni, xoreografiya bölimi qizlarining jozibador raqslari, xalq çolğulari va torli çolğular bölimi öquvçilari ijrosida yangragan kuylar hamda estrada xonanadaligi bölimi öquvçilarining qöşiqlari barça tarbiyalanuvçilarga birday manzur böldi. Tadbir-konsert söngida maktab-internat uslubiyotçisi Nafisa Yusupova tomonidan maktabimiz öqituvçi va öquvçilariga minnatdorçilik bildirilib taşakkurnomalar taqdim etildi. Maktabimiz öqituvçilari Hasanov R.F., Işmatova M.X., Mamatov M.A., Pazilova X.A., Mamatova I.Ş., Qurbonov F.Ö. öz öquvçilari bilan yana taşrif buyurişlarini internat tarbiyalanuvçilari kutişlarini bildirişdi.