Angren şahar, 31-daxa, 30-uy
Tel.: +998 70 665-06-46Joriy yilning 13-fevral sanasida Angren şahar Madaniyat bölimi, 9-, 10- va 23-sonli bolalar musiqa va san’at maktablari hamkorlikda buyuk mutafakkir, şoir Alişer Navoiy hamda şox va şoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bağişlangan “Buyuk allomalarga ehtirom” madaniy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi. Tadbirda buyuk allomalarimizning ğazallaridan mumtoz kuy-qöşiqlar, dilrabo raqslar ijro etildi. Respublika Madaniyat va maʼrifat markazi Angren şahar bölimi rahbari A.T.Yusupov tomonidan viktorina savollari berildi va töğri javob bergan muxlislarga allomalarimiz kitoblaridan sovğalar taqdim etildi. Şuningdek, hamkorlik-memorandum şartnomalar imzolagan maktablar, “Barkamol avlod bolalar maktabi”, 9-sonli imkoniyati çeklangan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan yordamçi maktabi xodimlari, markaziy kutubxona xodimlari, mahallalar, Nuroniylar jamğarmasi aʼzolari tadbir mehmoni bölişdi.






