TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

“Doira sadosi yangrasin” ijodiy keça bölib ötdi

Angren şahar 21-umummtaʼlim maktab rahbariyati hamda maktabning özbek tili va adabiyot öqituvçisi, şoira Muniraxon Kimsanovaning taşabbuslari bilan “Doira sadosi yangrasin” mavzusida ijodiy keça taşkil etildi.

Ijodiy anjumanga aziz mehmon sifatida maktabimizning faxriy ustozi, Özbekiston xalq maorifi a’loçisi Nozimjon Rahmatov öz şogirdlari bilan taşrif buyurdilar.

Maktabning axborot-taşviqot markazida bölib ötgan ijodiy keçaga N.Rahmatovning hayoti va ijod yöllariga nazar taşlandi.

Yuqori sinflar jamlangan auditoriyada N.Rahmatov özi bosib ötgan maşaqqatli va mazmunli hayoti va ijodi, ustozlari va şogirdlari haqida gapirib, öquvçilar tomonidan berilgan savollarga mazmunli javoblar qaytardi va ularni yurt farovonligi yolida izlanuvçi, salohiyatli öğil-qizlar bölişga çaqirdi.

Qiziqarli bölib ötgan uçraşuv keçasida Nozimjon Rahmatovning şogirdlaridan Munisxon Xakimov, Sunnatillo Oçilov, Ahror Avazboyev, Adiz Abdumutalovlar konsert dasturlari bilan iştirok etdilar.