TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

Musiqa nazariyasi öqituvçilarining viloyat seminari bölib ötdi

Joriy yilning 5-noyabr kuni 10-sonli BMSMda Toşkent viloyati bolalar musiqa va san’at maktablari nazariy fanlar öqituvçilarining viloyat seminari bölib ötdi. Seminar mavzusi “Nazariy fanlarni örganişga zamonaviy yondaşuv. Bolalar musiqa va san’at maktablari öquv jarayoni doirasida öqitiş sifatini oşiriş uçun yangi texnologiyalarni qöllaş”.

Seminarning maqsadi:

- musiqiy ta’limning obrösi va sifatini oşiriş, talabalarni musiqiy fanlarni öqitişning faol iş jarayoniga jalb qiliş.

Seminarni pedagog 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi nazariy fanlar bölimi mudiri Turgunova Gulnara Tuganovna olib bordi.

Seminar davomida tinglaş, tahlil qiliş va rivojlantiriş uçun juda köp qiziqarli misollar körsatib ötildi. Buyuk bastakor Lyudvig Van Betxovenning musiqasi tinglandi. Uning hayoti va ijodi haqida munozaralar bölib ötdi. Bastakorlarning asarlari ijro etildi.

Viloyatning barça tuman, şaharlaridan kelgan öqituvçilar bilan seminar davomida savol-javoblar, özaro fikr almaşişlar bölib ötdi.