TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

N. Rahmatov ilmiy amaliy anjuman ötkazdi

2024-yil 30-noyabr kuni Angren şahar 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi kiçik zalida “Özbek doira ijroçiligining xalqaro sahnalardagi örni” mavzusida ilmiy amaliy anjuman ötkazildi. Muallif maktabimizning doira sinfi öqituvçisi Özbekiston xalq ma’orifi a’loçisi, oliy toifali öqituvçi Nozimjon Rahmatov ilmiy metodik ma’ruzaga nihoyatda yuqori saviyada tayyorgarlik körganligi taşrif buyurgan aziz mehmonlarning e’tibori va e’tirofidan ayon böldi.

Doira ijroçilik san’atining tarixi va bugungi kuni, buyuk ustozlarning hayoti va ijodi, hozirgi kunda doiraçilik san’atining tutgan örni haqida töla-tökis ta’rif berib, videolavhalar körsatiş orqali mukammal tinglovçisiga etkazib bera oldi.

Bu ilmiy san’at keçasida Angren şahar madaniyat bölimi mudiri Şokirjon Mirjalilov, umumta’lim maktablari musiqa madaniyati fani öqituvçilari, maktabimiz öqituvçi va öquvçilari, ota-onalar iştirok etdilar.

Ş. Mirjalilov ustoz Nozimjon Rahmatovga, maktab ma’muriyatiga minnatdorçilik bildirib ilmiy, amaliy ma’ruzani ommalaştirişni tavsiya etdi.

Öz navbatida maktab direktori V. Abduvaliev taşrif buyurgan aziz mehmonlarga minnadorçilik bildirdi.