TOŞKENT VILOYATI ANGREN ŞAHAR 10-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI

Angren şahar, 31-daxa, 30-uy

Tel.: +998 70 665-06-46

“Surnay va nay navolari - qalb huzuri” musiqiy keçasi taşkil qilindi

Maktab direktorining öquv va ma’naviy-ma’rifiy işlari böyiça örinbosari, nay sinfi öqituvçisi Mahmudjon Tursunboyev tomonidan “Surnay va nay navolari - qalb huzuri” deb nomlangan musiqiy keça taşkil qilindi. Uşbu musiqiy keçaga iste’dodli sozanda, surnay çolğusini mohir ijroçi ustasi Alişer Şorayimov mehmon sifatida mahorat saboqlari beriş uçun taşrif buyurdi.

Jozibali konsert dasturini maktabimiz direktori Vohidjon Abduvaliyev kiriş sözi bilan oçib berdi. Keçada nay va surnay sozlarida mumtoz navolardan tortib, jahon xalqlarining musiqalari jonli ijro orqali taraldi.

Hamma iştirokçilar uçun maroqli ötgan konsertda Moskva şahridan taşrif buyurgan mehmon Seyif Smaylov ham iştirok etib, öz ijrolari bilan tinglovçilarni xursand qildi.

Öqituvçilardan Nozimjon Rahmatov, Muhammadali Mamatov, Anastasiya Dolgix, Alişer Xudayverdiyev, Şamirjon Zakirovlar hamda nay sinfi öquvçisi Anvar Rözimatovlar faol iştirok etib konsert fayziga fayz qöşdilar.

Musiqa keçasi söngida aziz mehmonlarha maktabimiz rahbari taşakkurnoma taqdim etib, Mahmudjon Tursunbayev ustozga hurmat tariqasida estalik sovğalarini in’om etdi.

Surnay mahorat darsi
Surnay mahorat darsi
Surnay mahorat darsi
Surnay mahorat darsi
Surnay mahorat darsi
Surnay mahorat darsi
Surnay mahorat darsi
Surnay mahorat darsi