Angren şahar, 31-daxa, 30-uy
Tel.: +998 70 665-06-46Joriy yilning 4-yanvar kuni Angren şahridagi “Sulola” restoranida Yangi yil munosabati bilan Markaziy Osiyo doiraçilari iştirokida bayram tadbiri bölib ötdi. Unda Özbekiston, Qoraqalpoğiston hamda qöşni Tojikiston, Qozoğiston Respublikalaridan 250 nafar doira ijroçilari iştirok etişdi.
Tadbir avvalida bayramga yiğilgan barça doiraçilar an’anaga muvofiq, birgalikda Özbekiston xalq artisti, Mehnat qahramoni Usta Olim Komilov ijodiga mansub “Tantana” asarini ijro qilişdi.
Şundan söng, doira san’ati rivojiga hissa qöşgan bir guruh san’at vakillari Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan “Madaniyat va san’at fidokori” kökrak nişoni bilan taqdirlandilar. Mukofotlarni Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri örinbosari Murodjon Majidov topşirdi.
Tadbir badiiy qismga ulanib ketdi. Özbekistonda xizmat körsatgan artist Ğiyos Boytoyev, san’atkor Şohjahon Jörayevlar öz qöşiqlari bilan bayramga fayz ulaşişdi.


