Angren şahar, 31-daxa, 30-uy
Tel.: +998 70 665-06-46Joriy yilning 17-may kuni maktabimiz xoreografiya bölimi öqituvçisi Mamatova Intizor Şavkatovna va amaliy san’at bölimi öqituvçisi Pazilova Xurşida Abduraximovnalar 2024-2025-öquv yili yakuniga öz sinflarining hisobot konsertini ötkazişdi.
Bunda yil davomida sahnalaştirilgan 16 ta raqs, jumladan mumtoz raqs, özbek raqslari, buxoroça, farğonaça, surxonça raqslar, tojikça kulob usuliga sahnalaştirilgan raqs, gruzinça raqs, zamonaviy raqslar, doira raqsi öquvçilarning yoş toifalari hamda mahoratlariga köra namoyiş etildi.
Amaliy san’at bölimi öquvçilari özlari qöl mehnati bilan bajargan işlari kaştaçilik, zardözlik, biserda yaratilgan kompozitsiyalardan iborat körgazma taşkil etişdi. Bundan taşqari özlari yaratgan liboslar kolleksiyasini ham namoyiş etişdi.
Hisobot konsertida doira mutaxasisligi öquvçilari hamda öqituvçilar Nozimjon Rahmatov, Şohruz Ergaşev, Oybek Qöldoşev va Rahmonali Meliqöziyevlar öz çiqişlari bilan konsertning rang-barang ötişini ta‘minlaşdi.
Tadbir söngida maktab direktori Vohidjon Abduvaliyev hisobot konsertiga taşrif buyurgan ota-onalarga, hamda uşbu keng kölamda taşkil etilgan hisobot konsertini taşkilotçilariga minnatdorçilik bildirdi. Şuningdek, öquv yili davomida a’lo baholarga öqigan öquvçilarga maqtov yorliqlari tarqatildi.












